Xizmatlar

Bugungi kunda, ko’plab firma va tashkilotlar o’zlarining veb-saytlarini qildirishni xoxlamoqda. Chunki ko’plab odamlar xozirda o’z vaqtlarni tejash maqsadida hamma narsalarni internet orqali qidirishmoqda. Firmani veb-sayti bo’lsa o’sha firmaning raqobatchilari ichida ancha nufuzi oshmoqda va firmaning gullab yashnashiga katakon omil bo’lmoqda. Veb-saytlarning xar-xil turlari mavjud bo’lib firma va tashkilotlarning ish turlariga yo’nalishlariga bog’liq xisoblanadi. Masalan, xizmat ko’rsatuvchi davlat tashkilotlari yoki firmalarga sayt vizitka juda ham mos keladi. Agar tashkilot o’z tavar va mahsulotlarini internet orqali sotmoqchi bo’lsalar unda ularga internet do’kon optimal veb-sayt xisoblanadi. Bazi firmalarga esa korparativ vebsayt to’gri keladi.
Biz sizga saytingizni texnik qo’llab-quvvatlash xizmatini taklif qilamiz. Texnik qo’llab-quvvatlashdan tashqari saytingizni doimiy yuritib boramiz, tekslar bilan rasmlar bilan boyitib boramiz va boshqa xizmatlarni sizga taklif qilamiz. Administratorlik xizmatini taklif qilamiz bunda biz sizga texnik qo’llab-quvvatlash, saytni yuritib borish, saytga tekstlar joylashtirish, rasmlar joylashtirish, rasmlarni qayta ishlab joylashtirish, yangiliklar joylashtirib borish, tavar va xizmatlaringizni yangilab borish, tavar-mahsulotlaringizni doimiy nazorat qilish va o’zgartirishlar kiritib boramiz yangilarini kritib boramiz narxlarini o’zgartirib boramiz va xokazo, saytingizni yomon ko’dlardan tozalab beramiz va shu boshqa xizmatlarni sizga firmamiz taklif qiladi. Saytingiz doimiy ravishda ko’zga ko’rinib turishi uchun saytni doimiy ravishda yuritib borish kerak. Agar sizni saytingizga malakali administrator kerak bo’lsa u holda bizning «Uzbdesign Group» veb-studiamizga murojat qiling. Bizning studiamizda yuqori malakali xodimlar sizga yordam berishadi.
SEO nima? nega kerak? SEO – qidiruv tizimlariga berilayotgan so’rovlarga sizning saytingizni ko’proq javob tariqasida ko’rsatishini ta’minlash uchun bajariladigan amaliyotlar jamlanmasi hisoblanadi. Nega aynan qidiruv tizimlari uchun saytni optimallashtirish kerak? Ma’lumki bizga biror ma’lumot kerak bo’lsa tezda google’dan so’raymiz, saytga ham ko’pchilik foydalanuvchilar qidiruv tizimlari orqali kelishadi. Shu sabab saytingiz qidiruv tizimlari bilan yaxshi aloqada bo’lishi kerak va bunda biz sizga yordam beramiz. Indeksatsiya – bu qidiruv tizimlarining botlari saytning saxifalarini o’z bazasiga kiritib qo’yishi hisoblanadi. Saxifa indeksatsiya qilindi degani saytingiz berilgan so’rovga javob tariqasida chiqadi degani. Qidiruv Tizimlari saytni to’liq indeksatsiya qilishi uchun saxifalardagi meta teglar: keyword to’g’ri qo’yilishi va matnga togri kelishi, noyob ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak. Agar sizni saytingizni Qidiruv Tizmiga Optimallashtirish (SEO) kerak bo’lsa u holda bizning «Uzbdesign Group» veb-studiamizga murojat qiling. Bizning studiamizda yuqori malakali xodimlar sizga yordam berishadi.
Saytlarni audit qilish yani tekshirish – bu xizmatga saytlaringizni butunlay boshidan oxirigacha dasturiy tillarini tekshirib chiqamiz malumotlar bazalaringizni tekshirib chiqamiz saytingizni ortga tortuvchi ortiqcha megabaytlardan xalos qilamiz va faqatgina toza kerakli kodlarni qoldiramiz. Texnik ko’rikda saytingizni ishlashini tekshirib beramiz va tafsiyalar beramiz. Saytingizni qidiruv tizmiga optimallashgan yoki yo’qligini tekshirib beramiz va raqobatchilaringizdan yuqoriga ko’tarilishingizda yordam beramiz.
Bunday tushunchalar bilan duch kelmagan odam uchun axborot resurs reytingini oshirish samarasini tushinish qiyindir. Avvallari mijozlarni sonini oshirish uchun faqatgina reklamalik aksiyalar chiqarilsa bo’ldi edi, lekin xozirda odamlarda reklamaga qarshi nigoh paydo bo’la boshladi. Xozirda juda ko’plab odamlar malumotlarni qidirish uchun global tarmoqdan foydalanishmoqda. Bunda esa juda ko’plab tarmoqlarda saytlarini rivojlantirgan va o’zining frimasini saytini rivojlantirgan firmalar yutmoqda. Marketing bilan aniq bir auditoriya
orqali mahsulot yoki xizmatlarni global tarmoqlarda rivojlantirish lozim bo’ladi. Shundan so’ng sizni tavar va xizmatlaringizga mijozlaringiz qiziqishlarini bildiradilar va sizni mijozlaringiz ortib boraveradi.
Xar qanday g’oyani odamlarning ongiga tushunarli qilib yetkazish uchun barcha elementlarni maxorat bilan joylashtirish zarur, bu kompozitsiya deyiladi. U san’at, musiqa, adabiyot, dizayn, va hokazo deyarli har bir narsada mavjud. Xo’sh, bu umumiy tushuncha. Axborot texnologiyalari dizayn o’zi nima? Axborot texnologiyalari dizayn bu malumotlar jamlanmasini tashqi ko’rinishini bezash, logatip yasash, firma stilini yartish, savdo belgisini yaratish, reklama uchun roliklar yaratish, sayt funktsionali uchun moslashtirish, taqdimotlar yaratish va yana boshqalar.

Oxirgi Ishlarimiz